Prezident Paralimpiya chempionlari bilan telefon orqali muloqot qildi
Foto: Videodan kadr
Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya oʻyinlarida gʻalaba qozonib, terma jamoa hisobidagi oltin medallar sonini beshtaga yetkazgan yengil atletikachilar Elbek Sultonov, Yorqinbek Odilov va taekvondochi Asadbek Toshtemirov bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Davlat rahbari oʻzi va oʻzbek xalqi nomidan sportchilarni samimiy qutlab, bu zafarlar eng aziz, eng ulugʻ bayram – Mustaqillik kuniga munosib sovgʻa boʻlganini taʼkidladi. Paralimpiyachilarning murosasiz bellashuvlarda koʻrsatayotgan yuksak mahorati va metin irodasi butun xalq, ayniqsa yoshlarni ruhlantirayotgani qayd etildi.

Prezident yigitlarning murabbiylari va ota-onasiga minnatdorlik bildirib, kecha sovrindor boʻlgan sportchilarimizga ham salom va tabrik soʻzlarini yoʻlladi.

Chempionlar har bir chiqishda davlat rahbari va xalq qoʻllovini his etganlarini aytib, Oʻzbekistonda paralimpiya harakati rivojiga qaratilayotgan eʼtibor va yaratilgan sharoitlar uchun rahmat aytdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring