Prezident OTM bitiruvchilarini ishga joylashtirish boʻyicha kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazmoqda

15:35 08 Avgust 2025 Siyosat
172 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliygohlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish boʻyicha kengaytirilgan yigʻilish boshlandi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Yigʻilishda qayd etilishicha, oxirgi 7-yilda oliy taʼlimda qabul 4,5 barobar oshib, qamrov 42 foizga yetgan boʻlsada, kadrlar tayyorlash tizimi real ehtiyojga mos emasligi qayd etildi.

Misol uchun, yiliga 20 ming avtomobil chiqarayotgan “BYD” zavodida 100 ta boʻsh ish oʻrni bor. Shuning toʻrtdan biri – robototexnika va boʻyoqlash, robotlarni dasturlash muhandislari.

Zavodda kadr yetishmayotgani uchun xorijdan 80 nafar mutaxassis kelib ishlamoqda. Zavod 4-5-yilda toʻliq quvvatga oʻtib, yiliga 500 ming avtomobil chiqarishni boshlasa, 4 ming nafar oliy malakali kadrlar kerak boʻladi.

“Bu – bitta loyiha boʻyicha hisob-kitoblar. Yaqin 3-4-yilda ishga tushadigan 83 milliard dollarlik yirik loyihalar hisobiga sanoatni oʻzida 500 mingga yaqin kadr zarur”, deydi davlat rahbari.

Yigʻilishda oliygohlar tayyorlayotgan kadrlar bilan ish beruvchilarning talabi oʻrtasida farq katta ekani koʻrsatib oʻtildi.

Misol uchun, yengil sanoatning oʻzida 4 ming nafar oliy toifali kadrlarga ehtiyoj bor.

Bu yoʻnalishda yiliga oʻrtacha 2,5 ming talaba bitirgani bilan, ular korxonalardagi zamonaviy uskunalarda ishlashni bilmagani uchun 42 foizi ishga joylasha olmayapti. Oqibatda tadbirkorlar chetdan tayyor mutaxassis jalb qilishga majbur boʻlmoqda.

Davlatimiz rahbari ishga joylashishni hisob-kitob qilishdagi kamchiliklarni tanqid qildi.

Bu yilgi 231 ming oliygoh bitiruvchisidan 125 mingi ish topdi, deb hisobot berilayotgani bilan ishli boʻlganlarning 42 mingi oʻzini oʻzi band qilgani aniqlangan.

Har bir talabani oliygohda oʻqitib, mutaxassis qilib tayyorlash uchun davlat yiliga 25-30 million soʻm sarflamoqda.

Lekin, toʻrt yil oliygohda oʻqib, diplom olgan yoshlarning yarmidan koʻpi kam malaka talab etadigan ishlarda band.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер