Prezident mutasaddilarga aholi bilan bamaslahat qilinadigan loyihalar koʻlamini kengaytirish boʻyicha takliflar kiritishini aytdi

Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz hayoti uchun gʻoyat muhim masala - davlat xizmatini isloh qilish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Navbatdagi yoʻnalish – barcha vazirliklar ish uslubini oʻzgartirib, odamlarga xizmat sifatini oshirishi kerak.
Bu borada litsenziya berish, oliygohlarga hujjat topshirish, kadastr hujjati, tugʻilganlik guvohnomasi va xorijga chiqish pasportini olish, toʻlov tizimlari boʻyicha aholiga qulayliklar yaratildi.
Lekin, hali koʻp sohalarda qulayliklar yaratish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Jumladan, subsidiyalar uchun aholi va tadbirkorlar oʻrtacha 10 ta vazirlik va idoradan xulosa olishi kerak. Elektr tarmoqlariga ulanishda ham ortiqcha xarajat va byurokratiya koʻp. Tibbiyotda qaysi xizmat bepul yoki pulli boʻlishi, davlatdan beriladigan dorilarning hisob-kitobi va egasiga yetib borishi, koʻp tumanlarda hali yechimini topgani yoʻq. Qurilish, transport, kommunal xoʻjaligi, standart, karantin idoralarida ham aholi va tadbirkorlarning ishi bitishi qiyin boʻlgan jarayonlar juda koʻpligi koʻrsatib oʻtildi.
Shuning uchun, Bosh vazir oldiga bir oy muddatda:
— har bir vazirlik va hokimlikda aholi va tadbirkorlarga xizmat koʻrsatish jarayonlarini tushunarli va qulay shaklga keltirish;
— ortiqcha xarajatlar va hujjatlarni qisqartirish;
— aholiga tez va sifatli xizmat koʻrsatadigan sharoitlarni yaratish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ijrosini taʼminlash vazifasi qoʻyildi.
Bunda birdan-bir mezon – odamlar roziligiga erishish ekani qayd etildi.
Mahallada bogʻcha, maktab, yoʻl qurish, suv va elektr tarmoqlarini tortib kelish ishlarida aholi faol ishtirok etadigan tizimlar yaratildi.
“Ochiq byudjet” doirasida oʻtgan 6 oyda aholi talabiga mos 2 mingdan ziyod ana shunday loyihalar boshlandi. Ularga 1,1 trillion soʻm yoʻnaltirildi. Keyingi olti oyda bunday loyihalar uchun yana 1 trillion soʻm ajratish moʻljallangan.
Eng muhimi, odamlar bunday loyihalarga oʻzlarini daxldor bilib, bunyod qilingan infratuzilmadan asrab-avaylab foydalanayapti, dedi Prezident.
Mutasaddilarga aholi bilan bamaslahat qilinadigan loyihalar koʻlamini kengaytirish boʻyicha takliflar kiritish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
- O‘zbekistonga Erondan issiq havo massalari kirib kelmoqda
- Kitoblar — tafakkur chashmasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring