Prezident mahalliy mehmonxonalar oʻrtasida tanlov oʻtkazishni taklif qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Amaldagi tartibga koʻra, oilaviy mehmon uylari turistlarni qabul qilishi boʻyicha kunlik meʼyor 10 nafardan oshmasligi belgilangan. Endi bu cheklov 2 karraga koʻpaytiriladi. Bu haqda Prezidentning tadbirkorlar bilan oʻtayotgan ochiq muloqotida maʼlum qilindi.
Prezidentimiz mahalliy mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari oʻrtasida tanlov oʻtkazishni taklif qildi.
Tanlovning mukofot jamgʻarmasi 1 million dollar boʻladi, sayyohlar eʼtiborini qozongan, nufuzli xalqaro platformalarda eng koʻp ijobiy eʼtirof olgan mehmonxonalar har yili taqdirlanadi.
Qaysi hududda infratuzilma yaxshi boʻlsa, oʻsha joy tadbirkorlarni oʻziga tortadi, servis gurkirab rivojlanadi.
Shu bois, infratuzilma olib borish orqali yirik turistik maskanlari koʻpaytiriladi. Chortoqning Qorabogʻ mahallasi, Fargʻonaning Chimyoni, Boysundagi Omonxona, Nuroboddagi Nurbuloq shaharchasida master-reja asosida “yil 12 oy” xizmat koʻrsatadigan 300-500 gektarli yirik kurort zonalari tashkil etiladi.
Bu loyihalar infratuzilmasi uchun 150 million dollar beriladi.
Oʻn oltita tumanni jadal rivojlantirishga bu yil jami 1,1 trillion soʻm ajratildi. Bunday yondashuvlarni Jahon banki ham eʼtirof etib, 250 million dollar bermoqda.
Kelgusi yilda yana 500 million dollar hisobiga 30 ta tumanda shunday ishlar amalga oshiriladi. Bu sanoat, servis, qurilish sohalaridagi tadbirkorlarga katta imkoniyat, yuz minglab ish oʻrinlari yaratish uchun sharoit boʻladi.
Biznes vakillarida qoʻshimcha joy olishga ehtiyoj bor. Lekin ijara narxi, sharti tez oʻzgarayotgani ularning kelgusi rejalariga taʼsir qilmoqda.
Endilikda davlat obyektlari va yer uchastkalari yillik ijara narxini indeksatsiya qilish inflyatsiya darajasidan oshirilmaydi.
Kelgusi yildan davlat aktivlari besh yilga ijaraga beriladi. Agar ijarachi oʻzi xohlasa yoki majburiyatini bajarmasagina shartnoma bekor boʻladi.
1991-yilda qabul qilingan “Ijara toʻgʻrisida”gi qonun asosan davlat organlari manfaatini himoya qilishga qaratilgani qayd etildi. Shu bois ijaraga beruvchi va ijarachi huquqlarini birdek himoya qiladigan yangi tahrirdagi qonun ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring