Prezident Kubogi – 2024: Javohir Sindarov peshqadam boʻlib oldi. Bugun ikki oʻzbek gigantlari toʻqnash keladi

11:23 26 Noyabr 2024 Sport
287 0

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasi mezbonligida oʻtayotgan Prezident Kubogi musobaqasida 5-tur oʻyinlari yakunlandi. 75 ming AQSH dollari mukofot jamgʻarmasiga ega boʻlgan ushbu nufuzli turnirda dunyoning eng kuchli grossmeysterlari ishtirok etmoqda. Turning asosiy uchrashuvlaridan birida Ortiq Nigʻmatov (2447) turnirning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov (2777) bilan oq donalarda durang qildi.

Jadvalning yuqori qismidagi raqiblar ochko yoʻqotganidan Javohir Sindarov unumli foydalandi. Grossmeysterimiz FIDE bayrogʻi ostida harakat qilayotgan rossiyalik Ivan Zemlyanskiy (2543)ni magʻlubiyatga uchratdi va 4,5 ochko bilan yakka peshqadam boʻlib oldi. Sindarov bu natija orqali sovrinli oʻrinlar uchun asosiy daʼvogarga aylandi.

Shuningdek, Muhiddin Madaminov turnirning ikkinchi raqamli ishtirokchi Parham Maqsudlu bilan durang oʻynab, yana bir muhim ochkoni qoʻlga kiritdi. Shamsiddin Vohidov esa rossiyalik Aleksey Aleksandrov ustidan gʻalaba qozonib, sovrinli oʻrinlar uchun kurashga qoʻshildi. Nodirbek Yakubboyev esa qozogʻistonlik Aristanbek Urazayev bilan murosa koʻchasini tanladi.

6-tur oldidan jadvalda Javohir Sindarov 4,5 ochko bilan peshqadam boʻlib turibdi. Undan keyingi oʻrinlarni 4 ochkodan toʻplagan sakkiz shaxmatchi egallab turibdi. Ularning orasida Nodirbek Abdusattorov, Ortiq Nigʻmatov va boshqa tajribali shaxmatchilar bor.

Bugungi kunning asosiy uchrashuvlari katta qiziqish uygʻotmoqda. Oʻzbekistonning eng kuchli ikki shaxmatchisi, Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov oʻzaro kuch sinashadi. Shuningdek, Ortiq Nigʻmatov eronlik Amin Tabatabay bilan, Muhiddin Madaminov esa Shamsiddin Vohidov bilan bahs olib boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер