“Prezident Kubogi – 2024”: turnirga 31-oʻrinda saralangan shaxmatchi musobaqa peshqadami boʻlib oldi (Barcha natijalar+turnir jadvali)
Poytaxtimizdagi davom etayotgan “Prezident Kubogi” turnirida 6-tur uchrashuvlari ortda qoldi. 75 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot jamgʻarmasi uchun kurashayotgan dunyoning kuchli shaxmatchilari navbatdagi keskin oʻyinlarni oʻtkazdi. Turnirning eng qiziq uchrashuvi esa Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov oʻrtasida kechdi, biroq bu bahsda tomonlar durangga rozi boʻlishdi.
Nodirbek va Javohir shu kungacha 27-marta bir-biriga qarshi dona surgan boʻlsa, ularning 9 tasida Nodirbek, 7 tasida Javohir gʻalaba qozongan. Qolgan 11 partiya, jumladan bugungi bahs ham durang bilan yakunlandi. Ushbu natija ikkala shaxmatchining turnirda oʻz mavqeyini saqlab qolishga imkon berdi, ammo ularga yetakchilikni qaytarib berolmadi.
Turnirda oʻzini ajoyib formada koʻrsatayotgan Ortiq Nigʻmatov ushbu turda erishgan gʻalabasi bilan turnir jadvalida 1-oʻringa koʻtarildi. U qora donalar bilan oʻynashiga qaramay, Eronning kuchli shaxmatchisi Amin Tabatayini magʻlub etishga muvaffaq boʻldi.

Yana bir qiziqarli uchrashuv Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidov oʻrtasida oʻtdi. Oʻzbek derbisida Shamsiddin gʻalaba qozonib, ochkolarini 4,5 taga yetkazdi. Nodirbek Yakubboyev ham ushbu turni gʻalaba bilan yakunladi.
6-turdan soʻng turnir jadvalida yetakchi yana oʻzgardi. Ortiq Nigʻmatov 5 ochko bilan birinchi oʻringa chiqdi. Xuddi shuncha achkoni hindistonlik Saha Nilash, Javohir Sindarov, Nihal Sarin va Sanklap Gupta kabi shaxmatchilar ham toʻplashgan. Nodirbek Abdusattorov esa 4,5 ochko bilan 6-pogʻonada bormoqda.

7-tur asosiy juftliklari:
- Abhimanyu Puranik (GM, 2652) vs Nodirbek Abdusattorov (GM, 2777)
- Javohir Sindarov (GM, 2682) vs Sankalp Gupta (GM, 2539)
- Nihal Sarin (GM, 2676) vs Ortiq Nigmatov (IM, 2447)
- Shamsiddin Vohidov (GM, 2681) vs Nodirbek Yakubboyev (GM, 2668)

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring