Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi
Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.
Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.
Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki “Moliyaviy ommaboplik” dasturi doirasida kichik va oʻrta biznesga 100 million dollar, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “yashil” va innovatsion loyihalar uchun 200 million dollar, Fransiya taraqqiyot agentligi ayollar tadbirkorligi uchun 30 million yevro ajratmoqda.
Uchrashuvda ushbu tashkilotlarning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari soʻzga chiqib, oʻz fikr va takliflarini aytdi.
Davlatimiz rahbari ular vakillik qilayotgan tuzilmalarga koʻrsatilayotgan koʻmak uchun minnatdorlik bildirdi, hamkorlik yanada kengayishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini taʼkidladi.
Prezidentimiz bugun muhokama qilingan dolzarb masalalar: raqobatbardosh boʻlish, yangi bozorlarga kirib borish, standart, yangiliklarga oʻqitish, brend yaratish, startaplarni yuzaga chiqarib, koʻpaytirish uchun Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.
Kichik biznes bilan ishlashga mahalladagi hokim yordamchisi, mahalla bankiridan tortib, banklar, bandlik vaziri hamda Bosh vazir oʻrinbosarlarigacha juda katta tizim safarbar qilingani taʼkidlandi.
Mutasaddilarga, viloyat hokimlariga kichik biznes vakillari bilan samarali muloqotni yoʻlga qoʻyib, ular koʻtargan tizimli masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi.
Davlatimiz rahbari kichik va oʻrta biznes vakillari bilan muloqot qildi, ularning fikr va takliflarini tinglab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
“Yangi Oʻzbekistonning biznes salohiyatini oshirishda biz sizlarga ishonamiz.
Bir narsadan koʻngillaring toʻq boʻlsin: Prezident doimo sizlarga eng yaqin koʻmakchi, tayanch va suyanch boʻladi. Sizlar yangilik qilishdan charchamanglar, men qoʻllab-quvvatlashdan charchamayman.
Shu maqsadda bugun muhokama qilingan, sizlarning hamma taklif va tashabbuslaringiz oʻrin olgan farmonni imzolayman. Ushbu farmonning barcha yengilliklari bugundan qoʻshimcha hujjatlarni kutmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri amaliyotga kiritiladi”, dedi Prezident uchrashuv yakunida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring