Prezident ijtimoiy karta joriy etilishini eʼlon qildi
U orqali metro va avtobusda bepul yurish, kompensatsiyalar olish hamda bir necha xizmatlardan foydalanish mumkin boʻladi.
Hozirgi kunda 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordam olish uchun fuqarolarimiz tugʻilganlik, nogironlik toʻgʻrisida, pensiya, talabalik guvohnomasi, bank kartasi kabi 10 dan ortiq hujjatni koʻtarib yurishga majbur.
Bunday ovoragarchilikka chek qoʻyish vaqti kelganini taʼkidlab, Prezident barcha hujjatlarni oʻrnini bosadigan bitta – ijtimoiy karta joriy etilishini eʼlon qildi.
Ijtimoiy karta bilan avtobus va metroda bepul yurish, elektr, gaz va oʻqish xarajatiga kompensatsiya olish mumkin boʻladi, nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi.
Bu tizim 1-iyulgacha Toshkent shahri va Yangiyoʻl tumanida sinovdan oʻtkaziladi, yil yakunigacha hamma joyda ishga tushiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring