Prezident: Inson qadri, uning hayot sifati faqat ish haqi bilan emas, balki ijtimoiy muhit bilan ham belgilanadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Prezidenti kasaba uyushmalari faoliyatini yanada rivojlantirish va mehnat munosabatlarini yaxshilash boʻyicha kelgusi vazifalarni muhokama qildi.
Iqtisodiyot barqaror oʻsib bormoqda. Aholi turmush farovonligini shunga mos ravishda oshirish uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori ham har yili koʻpaytirib borilmoqda. Lekin bu masalalar koʻpincha bir tomonlama, yaʼni, davlat idoralarining hisob-kitobi va taklifi bilan hal qilinmoqda.
Shu bois, kelgusi yildan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga oid qonunchilik hujjatlari loyihasini ishlab chiqishga Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama respublika komissiyasini (Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Bandlik vazirligi, Ish beruvchilar konfederatsiyasi) ham jalb qilish taklif qilindi.
Bu mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini belgilashda xodimlar manfaatini kafolatli himoya qilish boʻyicha yangicha yondashuv boʻladi.
“Inson qadri, uning hayot sifati faqat ish haqi bilan emas, balki ijtimoiy muhit bilan ham belgilanadi.
Buning uchun xodimlarni uy-joy, sifatli taʼlim, tibbiyot va transport xizmatlari bilan kafolatli taʼminlab, eng muhim hayotiy ehtiyojlariga yetadigan daromad topishiga sharoit yaratib berishimiz zarur”, dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring