Prezident innovatsion ishlanmalar uchun ajratilgan 100 mlrd.dan bor-yoʻgʻi 29 mlrd sarflanganini maʼlum qildi

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev raisligida ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish borasida oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, tarmoq va hududlar oldidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgani haqida xabar bergan edik.
Unda Prezident innovatsion ishlanmalar uchun ajratilgan mablagʻlar haqida maʼlumot berdi.
«Ilm-fan va innovatsiya, ilmni amalda joriy etish boʻyicha koʻp qarorlar qabul qildik. Innovatsiya vazirligi tuzdik. Nima tajribaga erishdik va oldimizda nima masalalar koʻndalang turibdi. Bugungi yigʻilishdan maqsadimiz har bitta tarmoqni rahbari oʻzini oldida savol bersin.
Mana shu yangi tashkil qilingan 28 ta ilmiy tadqiqot institutlari bilan akademiyamiz bilan, Innovatsiya vazirligi bilan muloqot qanday. Hududni rahbarlari, hokimlar necha marta akademiyani yigʻilishini oʻtkazdi. Andijonda, Fargʻonada, Surxondaryoda qaysi olimlar bilan hamkorlik tuzildi, degan savol mani, albatta, bezovta qiladi. Shuning uchun bugun aniq, aniq masalalarni yechib olishimiz kerak. Bugungi kunda 100dan ziyod ilmiy tashkilotlar faoliyatida ular tomonidan olib borilayotgan izlanishlarda sezilarli oʻzgarishlar hali yoʻq desak toʻgʻri boʻladi.
Innovatsion ishlanmalar uchun byudjetdan 100 milliard soʻm ajratilgan boʻlsada, tanlov natijalari boʻyicha bor-yoʻgʻi 29 milliard soʻmga 51 ta loyiha shakllantirildi, xolos", dedi davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring