Prezident “Fazoviy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunni imzoladi
“Fazoviy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–702-son, 23.07.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qonunga muvofiq, fazoviy maʼlumotlar fazoviy obyektlar toʻgʻrisidagi, ularning joylashuvi, shakli, xossalari xaqidagi maʼlumotlardan iborat.
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi fazoviy maʼlumotlar sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirishga doir faoliyatning muvofiqlashtirish maqsadida Kadastr agentligi huzurida Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.
Fazoviy maʼlumotlar bazaviy va sohaga oid fazoviy maʼlumotlarga boʻlinadi.
Fazoviy maʼlumotlar va metamaʼlumotlar davlat organlariga oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun – begʻaraz asosda, boshqa foydalanuvchilarga esa – Kadastr agentligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan miqdorlardagi haq evaziga taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring