Prezident Bosh vazirga ayrim tuman hokimlarining lavozimiga loyiqligini koʻrib chiqishni topshirdi
Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xoʻjaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
Oʻtgan yili hududlarda 2 mingta koʻp qavatli uy-joy qurib, aholiga topshirish boʻyicha olingan reja toʻliq bajarilmay qolgani, yaʼni 124 ta uy-joy qurilishi yakunlanmagani, qurilgan uylardan 450 tasi haligacha foydalanishga topshirilmagani qayd etildi.
Bundan tashqari, uy-joyga talab yuqori boʻlsada 2023-yilda 16 ta tumanda birorta koʻp qavatli uy-joy qurilmagan, tuman hokimlari reja ham qilmagani tanqid qilindi.
Bosh vazirga ushbu Nukus, Qorovulbozor, Navbahor, Kosonsoy, Nurobod, Oltinsoy, Muzrabot, Qiziriq, Bandixon, Oqoltin, Sayxunobod, Mirzaobod, Xovos, Piskent, Qoʻshtepa, Bogʻdod tumanlari hokimlarining lavozimiga loyiqligini koʻrib chiqish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring