Prezident birorta hokimda yoki vazirda energiya isteʼmoli, uni tejash, muqobil energiya uskunalarini oʻrnatish boʻyicha hisob-kitob yoʻqligini tanqid qildi

14:20 10 Iyun 2022 Siyosat
508 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yigʻilishda soʻnggi yillardagi islohotlar natijasida aholining elektr taʼminotidagi uzilishlar ancha qisqargani qayd etildi.

Lekin, kuz-qish mavsumida aholining gazga boʻlgan ehtiyoji keskin oshishi sababli barcha yuklama elektr tarmoqlariga tushmoqda.

Hozirgi kunda aholining kamida 2-3 milliard kilovatt soat elektr energiyasiga qoʻshimcha talabi mavjud. Kelgusi besh yilda esa bu ehtiyoj yana 10 milliard kilovatt soatga oshadi.

Bunday vaziyatda eng samarali yoʻl – muqobil energiyadan foydalanishni koʻpaytirish.

Bu borada 2019-yilda alohida jamgʻarma tashkil qilinib, aholiga byudjetdan subsidiya berish tizimi joriy etildi.

Lekin birorta viloyat, tuman va shahar hokimida yoki vazirda oʻz tizimidagi tashkilotlarda energiya isteʼmoli, uni tejash, muqobil energiya uskunalarini oʻrnatish boʻyicha hisob-kitob yoʻqligi, ular joriy qilingan subsidiya va kompensatsiyadan oʻz tarmogʻi yoki hududida foydalanish boʻyicha jon kuydirmagani tanqid qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?