“Prezident archasi” tantanalari bolajonlarga zavq ulashdi

11:45 27 Dekabr 2024 Jamiyat
245 0

Rustam NURMATOV/“Xalq soʻzi”. Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida “Prezident archasi” tadbiri tantanali tarzda oʻtkazildi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ulugʻbek Mustafoyev tinch va osuda yurtga bayramlar yarashishi, shod-u xurramlik bolajonlar bilan yanada fayzli boʻlishini aytib, Yangi yil bayrami bilan barchani tabrikladi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar, ayniqsa, bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli dasturlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

Yangi yil bayrami arafasida 365 nafar jizzaxlik bolajonlarga Prezidentimiz tomonidan yuborilgan maxsus sovgʻalar masʼullar tomonidan topshirdi. 2 ming nafardan ortiq maxsus maktab-internat oʻquvchisi, shifoxonalarda davolanayotgan bolalarga ham sovgʻa-salomlar yetkazib berildi. Konsert dasturi bolajonlarga cheksiz quvonch bagʻishladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер