Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi va Hisob palatasiga yangi rahbarlar tayinlandi
Foto: Kun.uz
Joriy yilning 24-avgust kuni Prezident administratsiya rahbari Sardor Umrzoqov boshchiligida prezident tomonidan yangi tayinlangan kadrlar tanishtiruvi boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi. Bu haqda «Kun.uz» sayti xabar berdi.
Administratsiya nazorat inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga shu kungacha Hisob palatasi raisi oʻrinbosari boʻlib ishlagan Saidlaziz Saidkarimov (suratda) tayinlandi.
Uning oʻrniga esa Prezident administratsiyasi shoʻba mudiri Oʻtkir Jumanov Hisob palatasi raisi oʻrinbosari boʻldi.
Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda inspeksiyaning yangi boshligʻiga prezident topshiriqlari, ijro intizomi, qaror va farmonlar ijrosini taʼminlash, vazifalariga sovuqqonlik bilan yondashayotgan rahbar xodimlarga jazo berish, ularni ishdan ozod etish va qonuniy javobgarlikkacha tortish yuzasidan takliflar kiritish vakolatlari berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring