Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

21:22 30 Iyul 2025 Siyosat
311 0

Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:

Poʻlat Razzaqovich Bobojonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;

Galina Karimovna Saidova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;

Obid Arzikulovich Xakimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi;

Abdusalom Abdumavlanovich Azizov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;

Muzaffar Murotovich Kamilov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;

Rustam Tuychiyevich Kamilov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari boʻyicha shoʻba mudiri lavozimidan ozod etildi;

Javlon Abdujalolovich Vahobov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari – Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori lavozimiga tayinlandi;

Baxodir Xamidovich Tashmatov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;

Kamoliddin Karamiddinovich Mardonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi agrar sohada ishlab chiqarish, daromadlarni koʻpaytirish hamda suvdan oqilona foydalanish boʻyicha tashabbuslarni ishlab chiqish shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;

Ulugʻbek Umaraliyevich Xanayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi oʻrinbosari – Bosh yuriskonsult lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari – Bosh yuriskonsult lavozimidan ozod etildi;

Eldor Otamurodovich Hamroyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yer munosabatlari va xususiy mulkni himoya qilish sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;

Aziz Xasanovich Azimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departament boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari boʻyicha shoʻbasi bosh konsultanti lavozimidan ozod etildi;

Sergey Nikolayevich Gordeyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departament boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ichki ishlar va bojxona organlari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;

Gulruxsor Kudratovna Xatamova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi jamoat fikrini oʻrganish va tahlil qilish shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;

Farrux Farxodjonovich Omonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi axborot taʼminoti va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;

Rustam Ravshanovich Mirzayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati kompleks axborot-targʻibot va mafkuraviy tadbirlarni amalga oshirish shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;

Fatxiddin Fazliddinovich Muxiddinov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yigʻilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;

Xusniddin Kamalitdinovich Xashimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yigʻilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Rejalashtirish va axborot taʼminoti departamenti Administratsiya faoliyatining axborot taʼminoti shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;

Oʻlugʻbek Rauf oʻgʻli Normatov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi jamoat fikrini oʻrganish va tahlil qilish shoʻbasi yetakchi konsultanti lavozimidan ozod etildi;

Ulugʻbek Shuxratjonovich Xusainov Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamenti rahbari oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;

Oybek Ulugbekovich Umarov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ishlar boshqaruvchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti xoʻjalik faoliyati shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер