Prezident 8-mart bayrami munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda moʻtabar ayol zotiga munosib ehtirom koʻrsatish, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi oʻrni va nufuzini oshirish, shuningdek, oʻzining koʻp yillik samarali mehnati, yuqori kasbiy malakasi va mahorati bilan yurtimizdagi tub islohotlarda faol qatnashib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yoʻlida alohida tashabbus va ibrat koʻrsatib kelayotgan, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qoʻshayotgan quyidagi opa-singillarimiz mukofotlansin:
“Doʻstlik” ordeni bilan
Abilova Aygul Tursunovna - Konimex tumani obodonlashtirish boshqarmasi farroshi, Navoiy viloyati;
Gaziyeva Lyubov Borisovna - “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi boʻlim mutaxassisi;
Gaibnazarova Nodira Baxodirjanovna - Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining mehnatni muhofaza qilish boʻlimi mudiri;
Jamolova Dilnoza Muyidinovna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktorining oʻrinbosari;
Kozixonova Orzigul Muydinovna - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi;
Kunnazarova Bibisara Kalmuratovna - “Hunarmand” uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi aʼzosi, oʻtov jihozlari toʻquvchisi;
Mamadiyarova Nasibali Ablakulovna - Bulungʻur tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Samarqand viloyati;
Mambetniyazova Gulzar Sherniyazovna - Chimboy tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi;
Minayeva Gulnara Akramovna - “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Oʻzvagontaʼmir” aksiyadorlik jamiyati Samarqand vagon deposi sex katta ustasi, Samarqand viloyati;
Mirzayeva Xabiba Babayevna - Oqoltin tumanidagi “Oltin meros” folklor ansambli aʼzosi, “Eʼzozli ayollar” sport toʻgaragi rahbari, Sirdaryo viloyati;
Musurmanova Aynisa - Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktorining oʻrinbosari;
Rabotneva Larisa Aleksandrovna - “Uzbekistan Airways Technics” masʼuliyati cheklangan jamiyatining gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlar sifatini taʼminlash xizmati muhandisi;
Salixova Mavlida Nazrullayevna - Buxoro viloyati “Oydin Nur” oilani ijtimoiy himoyalash markazi eksperti;
Sultonova Xubon Toyirovna - Buxoro tumanidagi “Qavola Mahmud” mahalla fuqarolar yigʻinining “Oqila ayollar” harakati yetakchisi, Buxoro viloyati;
Tojibayeva Sanobarxon Uktamovna - Chust tumanidagi “Chust Oʻktamjon servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati;
Tursunkulova Djamilya Shamsiyevna - “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining zoldir prokatlash boʻlinmasi kran mashinisti, Toshkent viloyati;
Shomuratova Oygul Jabborovna - Termiz tumani obodonlashtirish boshqarmasi gul yetishtiruvchisi, Surxondaryo viloyati;
Elboyeva Klara Choʻliyevna - Nishon tumanidagi “Nishon qorakoʻlchilik” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh choʻponi, Qashqadaryo viloyati;
Yuldashova Mehri Artiqovna - Dehqonobod tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Qashqadaryo viloyati.
II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan
Adxamjonova Mavludaxon Xamzayevna - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi aʼzosi;
Axmedova Soraxon Tolipjanovna - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining maʼmuriy huquq kafedrasi professori;
Kamolova Istat Shukurovna - Gʻijduvon tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Buxoro viloyati;
Negmatova Xalima Utabovna - Jizzax shahar hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Jizzax viloyati;
Saidova Dilfuza Eshkulovna - Jizzax shahridagi 22-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Jizzax viloyati;
Soliyeva Uktamxon Qozoqovna - Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻqituvchisi, shoira, Fargʻona viloyati;
Sultanova Dilshoda Namazovna - Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining sanʼat kafedrasi professori, Samarqand viloyati;
Tojibayeva Nargiza Keldibekovna - Sirdaryo viloyati hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi;
Xilvatullayeva Zaripa Abdunazarovna - Piskent tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Toshkent viloyati;
Xusenova Nasiba Ismatovna -Karmana tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari boʻyicha yordamchisi, bosh otinoyisi, Navoiy viloyati.
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Abduraxmanova Faridaxon Nasirdinovna - Andijon viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining anesteziolog-reanimatologi;
Lyaksheva Galina Petrovna - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-Markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi hudud hamshirasi.
“Sogʻlom turmush” medali bilan
Allayarova Dilfuza Mirjalilovna - Yuqori Chirchiq tumanidagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili fani oʻqituvchisi, marafon yuguruvchisi, Toshkent viloyati;
Ismoilova Dildora Oʻktamovna - Qoʻshkoʻpir tumanidagi “Sherzodbek shifo klinikasi” oilaviy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati;
Polvonova Luftiniso Bobosharifovna - Rishton tumanidagi “Choʻngʻara Zilol” oilaviy shifokorlik punkti doyasi, Fargʻona viloyati.
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Tursunova Navbaxor Eshmurodovna - Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudining raisi, Samarqand viloyati;
Xayitova Sayyora Nomozboyevna - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Yakkasaroy tumani qoʻriqlash boʻlimi guruh komandiri, Toshkent shahri.
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
Yoqubjonova Shaxnoza Toʻlqinjon qizi - Gnesin nomidagi Rossiya musiqa akademiyasi magistranti;
Fayzullayeva Madina Xikmatillayevna - “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi.
“Shuhrat” medali bilan
Abduvaliyeva Sanobar Sultonovna - “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Angren kon boshqarmasi “Koʻchbuloq” shaxtasi kompressor qurilmalari mashinisti, Toshkent viloyati;
Abdullayeva Ozoda Safibullayevna - Namangan muhandislik-qurilish institutining sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani, Namangan viloyati;
Abdusalamova Farogʻat Sunnatulla qizi - Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri xor jamoasi rahbari;
Azizova Gulbaxor Nazrullayevna - Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Bahor Deco” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri;
Aitbayeva Zamira Joldashovna - Nukus shahridagi “Nauqan bagʻ” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi;
Akramova Mashxura Zafarjon qizi - Quvasoy shahridagi “Ellycardin Tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Fargʻona viloyati;
Aripova Maktuba Kabulovna - Uchtepa tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Toshkent shahri;
Bobomurotova Gulrux Umarovna - Nurota tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Navoiy viloyati;
Boyeva Fotima Saloxiddinovna - Parkent tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, Toshkent viloyati;
Dexkanova Nargiza Akbarovna - Andijon shahar hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Andijon viloyati;
Yorkulova Marziya Fayziyevna - Paxtachi tumani “Urganji” mahalla fuqarolar yigʻinidagi kutubxona rahbari, Samarqand viloyati;
Joʻrayeva Ozoda Hasanovna - Denov tumanidagi 1-oilaviy bolalar uyi rahbari, Surxondaryo viloyati;
Yoʻldasheva Mahliyo Norpoʻlatovna - Gʻuzor tumanidagi hunarmand-tikuvchi, Qashqadaryo viloyati;
Kamoldinova Mukaramxon Usmanovna - Andijon shahridagi “Auto Rubber” masʼuliyati cheklangan jamiyatining yigʻuv liniyasi ustasi, Andijon viloyati;
Karimova Shahnoza Yandashovna - Navoiy shahridagi “Baraka Non Navoiy” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati;
Karshibayeva Gulchexra Shodmonkulovna - Boyovut tumanidagi “Bolgʻali Qilich aka” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Sirdaryo viloyati;
Komilova Saodat Yusupjonovna - Jizzax shahri telekommunikatsiya bogʻlamasi telegraf elektr montyori, Jizzax viloyati;
Qorayeva Dilnavoz Kumakovna - Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati;
Qoʻchqorova Barno Ibodullayevna - Yangiariq tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Xorazm viloyati;
Mamatqulova Zinnat Mamatqulovna -Yangiobod tumanidagi “Yangiobod agropillasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Jizzax viloyati;
Matchonova Muhabbat Madirimovna - Xiva tumanidagi “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi kichik tibbiy xodimi, Xorazm viloyati;
Mirzayeva Mexriya Shabobayevna - Vobkent tumanidagi “Sariosiyo” mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli, Buxoro viloyati;
Nabiyeva Dilrabo Ibragimovna - Davlatobod tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Namangan viloyati;
Ravshanova Farida Fayzullayevna - Jarqoʻrgʻon tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Surxondaryo viloyati;
Ruziyeva Irodabonu Kaxramon qizi - “Navoiyuran” davlat korxonasining Uran ishlab chiqarish zavodi texnologik laboratoriyasi kimyoviy tahlil laboranti, Navoiy viloyati;
Yuldasheva Maryam Abduxalimovna - Qoʻshtepa tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Fargʻona viloyati;
Tojixonova Gavxaroy Axunjanovna - Marhamat tumani “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yigʻinidagi hokim yordamchisi, Andijon viloyati;
Toshpulatova Qizlarxon Eshboyevna - Shoʻrchi tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, temirchi-usta, Surxondaryo viloyati;
Egamberdiyeva Dilfuza Rustamovna - Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktorining birinchi oʻrinbosari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring