“Prava” olib berishning jinoiy sxemasi “ijodkor”lariga sud hukmi o‘qildi

Illyustrativ foto
Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudining ochiq sud majlisida sudlanuvchilar Z.Nurmamatov, Sh.Hojiyev, S. Gʻapporov, A.Rasulov hamda S.Ismoilovlarga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Ushbu guruh Navoiy viloyati IIB YHXB ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limida haydovchilik huquqini beruvchi guvohnoma uchun o‘tkaziladigan nazariy imtihonda fuqarolarga “yordam” berishning o‘ziga xos sxemasini qo‘llashgan.
- Ya’ni, sudlanuvchi Z.Nurmamatov tanishlari A.Rasulov hamda Sh.Hojiyevlar bilan Navoiy viloyati IIB YHXB ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limida nazariy imtihonga Samarqand viloyati, Narpay tumani “Kosagaron” mahallasida yashovchi A.Rasulovning fotosuratlarini Uchquduq tumani “Cho‘l guli” ko‘chasida yashovchi Sh.Hojiyev nomiga rasmiylashtirib, “haydovchining shaxsiy imtihon varaqasi” va “tibbiyot ma’lumotnomasi”ga ham Sh. Hojiyevning fotosuratini qo‘yib, rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirgan, - deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudining sudyasi Alisher Saydullayev. - Shuningdek, sudlanuvchi S.Gʻapporov tanishi S.Karimov bilan rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumot va yozuvlar kiritib, o‘ziga tegishli fuqarolik pasporti, “haydovchining shaxsiy imtihon varaqasi” hamda “tibbiyot ma’lumotnoma”lariga S. Karimovning fotosuratini qo‘yib, soxta hujjatlar tayyorlagan. S.Karimov ushbu soxta ma’lumotlar bi¬lan Navoiy viloyati IIB YHXB ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limiga hujjatlarni topshirgan vaqtida, IIB xodimlari tomonidan rasmiy hujjatlar qalbakilashtirilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Sud sudlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalarini tinglab, jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib, ishda mavjud dalillarga huquqiy baho berib, taraflarning muzokara hamda sudlanuvchilarning himoya va oxirgi so‘zlarini eshitib, sudlanuvchi Z.Nurmamatov, Sh.Hojiyev hamda S.Gʻapporovga oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga, sudlanuvchi A.Rasulov va S.Ismoilovga esa oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yilu 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosini belgiladi.
Temur ESHBOYЕV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring