Pop tumanida yangi istirohat bogʻi ochildi
Tuman markazida tantanali ravishda foydalanishga topshirilgan madaniyat va istirohat maskani diltortar manzaralari bilan koʻngilni rom etadi. Davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan koʻrkam bogʻ katta maydondagi yashil hudud, zamonaviy arxitektura, qulay infratuzilmasi bilan Pop shahrining chiroyini yanada ochib yubordi.
— Pop tumani ahlining maroqli hordiq chiqarishiga xizmat qiladigan bogʻ faoliyati bu maskanda “Uch avlod uchrashuvi”ni tashkil etish bilan boshlandi, — deydi taqdimot marosimida ishtirok etgan “Nuroniy” jamgʻarmasi Namangan viloyati boʻlimi rahbari Ikromxon Najmiddinov. — Avlodlar davomiyligi, yangilanish va keksalarga eʼtibor ramziga aylangan tadbirda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan 59 nafar nuroniyga “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Yangi bogʻda madaniy va sport tadbirlarini tashkil etish, kitob mutolaasini uyushtirishga moʻljallangan qator inshootlar oʻrin olgan boʻlib, popliklar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.
Qudratilla NAJMIDDINOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring