Polsha Yevropadagi eng yirik armiyani barpo etmoqda

00:39 12 Mart 2023 Dunyo
1059 0

Foto: Reuters

Polsha Yevropadagi eng yirik quruqlikdagi armiyani barpo etmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniyaning “The Telegraph” nashri xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, Polsha hukumati mamlakat yalpi ichki mahsulotining 4 foizini mudofaa sohasiga sarflash niyatida. Bu NATOning oʻrtacha standartlaridan ikki baravar koʻp.

Bundan tashqari, Polshani modernizatsiya qilish dasturi asosida Janubiy Koreyadan 1000 ta tank, 48 ta FA-50 jangovar samolyotlarini, AQSHdan 250 ta tank, 600 ta oʻziyurar gaubitsa, 18 ta HIMARS moslamasi, 288 ta MLRS raketa tizimi, shuningdek, 96 ta AH-64E Apache vertolyotlari sotib olishni oʻz ichiga oladi.

Nashrning yozishicha, umumiy hisobda Polsha 2035-yilgacha 117 milliard dollardan ortiq qurol yetkazib berishga buyurtma bergan, 2023-yil uchun mudofaa byudjeti esa maksimal 26 milliard dollarni tashkil etadi. Bundan tashqari, Polsha armiya sonini ikki barobarga 300 000 kishigacha oshirish niyatida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер