Pol Pogba futbolga qaytdi
Kecha, 22-noyabr kuni Fransiya Birinchi divizionida 13-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Tur doirasidan oʻrin olgan bahsda “Renn” klubi oʻz maydonida “Monako”ni qabul qildi.
Uchrashuv mezbonlarning 4:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gʻoliblar safida gollarga Embolo, Kamara, Blas va Budial mualliflik qildi. “Monako”ning yagona javob goli esa Mika Biyereth hisobiga yozildi.
Uchrashuvning 85-daqiqasida oʻtgan yili “Monako”ga koʻchib oʻtgan jahon futboli yulduzi Pol Pogba jamoa tarkibida debyut qildi.
Maʼlumot uchun, bu futbolchining 811 kundan keyingi dastlabki rasmiy oʻyini boʻldi. Pogba soʻnggi bor 2023-yilning 2-sentyabr kuni “Yuventus” tarkibida “Empoli”ga qarshi maydonga tushgan edi.
U 2023-yil sentyabr oyida doping testdan oʻta olmagani uchun 2-yilga futboldan chetlatilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring