Pokiston oʻzbekistonlik yuk tashuvchilar uchun bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirdi
Pokiston Moliya vazirligining bojxona nazorati bilan shugʻullanuvchi Federal daromad komissiyasi Oʻzbekistondan yuk tashuvchi avtomashinalarning depozitsiz kirishiga ruxsat berdi. Bu haqda Buiseness Recorder xabar berdi.
Oʻzbekistondan tranzit va ikki tomonlama yuk tashishda foydalaniladigan yuk mashinalari Pokistonga kirish toʻlovi uchun depozitsiz kirishi mumkin boʻladi. Shu bilan birga, xuddi shunday tartib Oʻzbekistondagi Pokiston transporti uchun ham joriy qilindi.
Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston uchun Gvadar, Karachi va Qosim portlari orqali kiruvchi va chiquvchi yuklarning tranziti soddalashtirilmoqda.
Biroq yangilik oʻzbekistonlik avtotransportchilar tomonidan uchinchi davlatlarga yoki uchinchi davlatlardan olib oʻtiladigan yuklarga taalluqli emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring