Pokiston bir hafta ichida 30 ming nafarga yaqin afgʻonni majburan Afgʻonistonga qaytarib yubordi

14:02 10 Aprel 2025 Dunyo
464 0

Foto: tolonews.com

Soʻnggi yetti kun ichida toʻrt mingga yaqin afgʻon muhojirlari oilalari Pokiston hukumati tomonidan Afgʻoniston — Pokiston chegarasidagi “Torxam” nazorat-oʻtkazish punkti orqali majburiy deportatsiya qilingan.

Bu haqda “Tolo News” xabar bermoqda. Oʻz navbatida, nazorat-oʻtkazish punkti joylashgan Afgʻonistonning Nangarhor viloyati mahalliy maʼmuriyati ham Pokiston afgʻon muhojirlarini deportatsiya qilishni faollashtirganini bildirdi.

“Oxirgi yetti kun ichida “Torxam” nazorat-oʻtkazish punkti orqali toʻrt ming oila, jami oʻttiz mingga yaqin kishi Afgʻonistonga deportatsiya qilindi. Ularning soni boʻyicha kunlik raqamlar skanerning ishlamay qolishi, yoʻllarning yopilishi yoki boshqa muammolar kabi turli omillar tufayli oʻzgarib turadi”, — deydi “Baxt” nazorat-oʻtkazish punkti muhojirlarni tashish xizmati rahbari Jamol Gohar.

“Torxam”dagi muhojirlarni vaqtincha filtrlash lageri rahbari Muhammad Hoshim Mayvandvalga koʻra, Afgʻoniston deportatsiya qilinganlarni barcha zarur narsalar bilan taʼminlamoqda.

“Oziq-ovqat qoʻmitasi muhojirlarni oziq-ovqat bilan taʼminlaydi, moliyaviy qoʻmita ularga pul ajratadi, transport qoʻmitasi esa ularni doimiy yashash joylariga yetkazadi va transport xarajatlarini toʻlaydi. Bundan tashqari, uy-joy qoʻmitasi ularning lagerda uyushgan holda boʻlishini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi”, — dedi Mayvandval.

“Tolo News” xabariga koʻra, bir kun avval Afgʻoniston Qochqinlar va repatriatsiya vazirligi rahbari Abdul Kabir Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federatsiyasining Afgʻonistondagi rahbari Ahmad Sulim va Xalqaro Migratsiya Tashkilotining Afgʻonistondagi missiyasi rahbari Mihan Pak bilan alohida uchrashuvlar oʻtkazgan. Muloqotlarda har ikki tashkilot vakillari afgʻon muhojirlarini uzoq muddatda qoʻllab-quvvatlashlarini bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер