Poytaxtdagi OTMga filmlar yaratish uchun 1 mlrd. soʻm mablagʻ ajratiladi

16:56 01 Iyul 2022 Madaniyat
1324 0

Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi Madaniyat va sanʼat institutiga, yoshlar haqida filmlar yaratish uchun 1 milliard soʻm ajratadi. Mablagʻlar talabalar tomonidan yoshlarga oid qisqa metrajli filmlar yaratishga sarflash uchun moʻljallangan.

Bugun Kinochilar uyida boʻlib oʻtgan “Parining sovgʻasi” filmi namoyishi chogʻida, bu haqidagi memorandum imzolandi.

Loyiha doirasida, Yangi Oʻzbekistonga bagʻishlangan 3 ta ertak-film va 6 ta film suratga olinadi.

“Barcha filmlar “Debyut” tanlovi loyihasida birlashtiriladi. Yil oxiriga kelib, talabalar oʻz ishlarini taqdim etishlari kerak boʻladi,” — dedi Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

“Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni ijodiy loyihalarga keng jalb etish, davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yoʻnalishi va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning koʻrsatmasidir,” deya taʼkidladi u.

“Kuni kecha barchamiz Oʻzbekiston Prezidenti ishtirokidagi katta tadbir – Yoshlar kunini nishonlash marosimida ishtirok etdik. Respublikamiz rahbarining tashabbusi bilan, yoshlar uchun qanday ulkan loyihalar amalga oshirilayotganini koʻrib turibmiz. Bu tadbir esa, yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarining bir qismidir”, – deya eʼtirof etdi Firdavs Abduxoliqov.

Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼat instituti rektori Ibrohim Yoʻldoshev Kinematografiya agentligiga, talabalarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

– Universitetimizda bir vaqtning oʻzida, ham boʻlajak rejissyorlar va ssenariynavislar, ham operatorlar va aktyorlar tahsil olmoqda. Shuning uchun, ularga birgalikda ishlash- qulay. Bizning hisob-kitoblarimizga koʻra, loyihada institutning 300-500 nafar talabasi qatnashadi. Ular uchun esa, bu nafaqat oʻzini ijodiy jihatdan yuzaga chiqarish, balki pul ishlash uchun ham ajoyib imkoniyatdir”, — dedi Ibrohim Yoʻldoshev memorandumni imzolash marosimida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?