Poytaxtda “Skandinavcha yurish” marafoni tashkil etildi
Bugun aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, ularning jismoniy faolligini oshirish maqsadida “Skandinavcha yurish” marafoni tashkil etildi.
Turizm va sport vazirligi tashabbusi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilgan ushbu marafonda “Skandinavcha yurish” ixlosmandlari, shuningdek, Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport taʼlim muassasalarining rahbarlari va trener-metodistlari, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining yengil atletika kafedrasi talabalari, jami 300 nafardan ziyod kishi qatnashdi.
Jumladan, tadbirda turizm va sport vaziri oʻrinbosari A. Karimov hamda Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi R. Shoabdurahmonovlar ham ishtirok etdi.
Ommaviy yurish marafoniga Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi oldidan start berildi. Unda ishtirokchilar Islom Karimov nomidagi koʻcha boʻylab harakatlanib, “Xalqlar doʻstligi” maydonining orqa tomonida barpo etilgan marra chizigʻi tomon jami 4,6 kilometr masofani bosib oʻtishdi.
Marafon yakunida faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring