Poytaxtda giyohvand modda olib yurgan fuqaro qoʻlga olindi

12:58 03 Yanvar 2026 Jamiyat
356 0

рToshkent shahrida Yangi yil bayramlari munosabati bilan oʻrnatilgan asosiy archa hududida giyohvand modda olib yurgan fuqaro aniqlandi. Bu haqda Milliy gvardiyaning Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Yunusobod tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi kutubxona maydonida joylashgan “Asosiy archa” atrofida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga jalb etilgan gvardiyachilar Ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda xizmat olib borgan.

Tadbirlar davomida “Asosiy archa” hududining ikkinchi nazorat-oʻtkazish punkti orqali kirib kelayotgan va shubhali xatti-harakatlari bilan eʼtiborni tortgan shaxs toʻxtatilib, tekshiruvdan oʻtkazilgan. Koʻzdan kechirish jarayonida uning choʻntagida ogʻirligi 42 gramm boʻlgan “gashish” moddasiga oʻxshash quritilgan modda borligi aniqlangan.

Dastlabki oʻrganishlar natijasida ushbu shaxs Toshkent shahrida yashovchi, 34 yoshli fuqaro M.Sh. ekani maʼlum boʻlgan. Ushbu shaxs belgilangan tartibda Yunusobod tumani Ichki ishlar boʻlimiga topshirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?