Poytaxt maktablaridan biridagi oʻquvchi silga chalingani rost boʻlib chiqdi. Uning dugonasida ham kasallik aniqlangan

12:24 24 Yanvar 2025 Jamiyat
606 0

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi umumtaʼlim maktablaridan birida sil kasalligi aniqlangani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Ushbu holat yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻz munosabatini bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, Shayxontohur tumanidagi 59-sonli umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi M.S. 2024-yilning 26-dekabrida Toshkent shahar 3-son ftiziatriya dispanseriga murojaat qilgan.

Bemorning opasi M.D.ning soʻzlariga koʻra, singlisi M.S. soʻnggi oylarda tez-tez betob boʻlgan. Davolanish uchun faqat xususiy klinikaga murojaat qilgan. Bemor oxirgi marta LOR-shifokor koʻrigiga borgan. Ushbu koʻrikdan soʻng oʻquvchi qiz 3-son ftiziatriya dispanseriga yuborilgan.

Dispanserda oʻtkazilgan rentgenografiya tekshiruvi natijasida unga “Oʻng oʻpka yuqori boʻlagi yalligʻlangan sili, yemirilish davri, BK +” tashxisi qoʻyilgan va bemor darhol Toshkent shahar bolalar sil kasalliklari shifoxonasiga yotqizilgan.

Shuningdek, M.S. bilan uyda muloqotda boʻlgan 6 kishi (2 nafari 6 yoshgacha bolalar) 2024-yil 27-dekabrda 3-son ftiziatriya dispanserida rentgen tekshiruvidan oʻtkazilgan va ularda faol sil kasalligi aniqlanmagan.

Bundan tashqari, bemor M.S. bilan muloqotda boʻlgan va kasallik yuqtirish xavfi mavjud 59-sonli umumtaʼlim maktabi va bemor qoʻshimcha darsga qatnagan xususiy oʻquv maktabi oʻquvchilari va oʻqituvchilari Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Toshkent shahar boshqarmasi nazorati ostida 3-son ftiziatriya dispanserida rentgenografiya va diaskin test tekshiruvlaridan oʻtkazilgan.

Tekshiruvlar davomida bemor M.S.ning yaqin dugonasi 2008-yilda A.A. da “Oʻng oʻpka yuqori boʻlagi oʻchoqli sili” BK abs aniqlanib, u shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, 3 nafar oʻquvchi — A.A., R.M. va E.D. va 1 nafar oʻqituvchi B.U.larda kasallikka moyillik aniqlangani sababli profilaktik davo muolajalari boshlab yuborilgan.

“Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 59-sonli umumtaʼlim maktabi direktoriga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер