Poytaxt IIBB Oʻzbekiston – Eron oʻyinidan oldin futbol muxlislarini ogohlantirdi
Bugun, 10-oktyabr kuni soat 19:00 da Toshkentdagi milliy stadionda futbol boʻyicha Oʻzbekiston va Eron milliy jamoalari Jahon chempionati saralash oʻyinini oʻtkazadi. Shu munosabat bilan poytaxt IIBB oʻyinga tomosha qilish uchun kelmoqchi boʻlganlarga murojaat bilan chiqdi.
Oʻyin uchun iticket.uz sayti orqali sotuvga chiqarilgan barcha chiptalar sotib boʻlingan. Bu mazkur oʻyinga qiziqish juda yuqori ekani va stadionga tashrif buyuruvchilarning koʻp sonli boʻlishini anglatadi.
Toshkent shahar IIBBga koʻra, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun Milliy gvardiya bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Sizlardan futbol maydoniga oʻyin boshlanishidan vaqtliroq tashrif buyurishingizni, shaxsiy transportingizda emas, balki jamoat transportida kelishingizni, chiptalarsiz futbol maydoniga kelmasligingizni (chiptalarsiz maydonga kiritilmaydi) soʻrab qolamiz. Futbol ishqibozlariga qulaylik yaratish va tirbandliklarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qoʻshimcha jamoat transportlari ajratilganini maʼlum qilamiz.
Shuningdek, futbol ishqibozlari maydonda jamoat tartibiga va oʻrnatilgan qoidalarga qatʼiy rioya qilishlarini, muxlislik madaniyatiga amal qilishlarini soʻraymiz”, deyiladi IIBB murojaatida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bollivud yulduzi Mumbaydagi uyida pichoqlab ketildi
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- HAMAS va Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Bir xum tilla topib olindi. Ushbu xazinada Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatorining suratlari tushirilgan 141 dona oltin tanga bor
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring