Pochta mashinasidagi noqonuniy dorilar
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Sifati noaniq, bemor dardiga naf keltirishning tayini yoʻq dori-darmonlar sotuvga qayerdan kelib qoladi? Ularning aksariyati yurtimizga belgilangan tartib-qoidalar, xususan, bojxona qonunlarini buzgan holda olib kirilishini koʻpchilik yaxshi biladi. Namanganda mazkur yoʻnalishdagi yana bir “amaliyot”ga chek qoʻyildi.

Viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Namangan — Buxoro” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan pochta mashinasi Pop tumanidagi “Namangan” YPX maskanida toʻxtatiladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boshqaruvida boʻlgan “BTS” shaharlararo pochta yuklarini tashuvchi ushbu yuk avtotransport vositasi tegishli tartibda koʻzdan kechirilganda shubhali holat koʻzga tashlandi. Uning yukxonasida hech qanday hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan taxminiy summasi 350 000 000 soʻmlik boʻlgan 140 turdagi 2156 quti dori vositalari borligi aniqlandi. Bundan tashqari, yuklar orasida 20 dona Iphone 11 uyali telefon apparatlari ham topildi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring