Pochta xizmatida yagona davlat siyosatini yurituvchi maxsus vakolatli organ belgilanmoqda
Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”
Joriy yil 21-aprel kuni Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Qoʻmita aʼzolari, ekspertlar, tegishli vazirlik, idoralar rahbar va mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Majlisda Senatning yigirma beshinchi yalpi majlisida koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Xususan, senatorlar yangi tahrirdagi “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonunga eʼtiborini qaratdilar. Taʼkidlanganidek, respublikadagi pochta aloqasi xizmatlari bozorining rivojlanish darajasi va jahon pochta aloqasi xizmatlari bozori rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari ushbu sohadagi qonunchilik bazasini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirishni taqozo etmoqda.
“Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 7 bob va 41 moddadan iborat. Qonunni ishlab chiqish jarayonida xorijiy davlatlarning pochta aloqasini tartibga solish borasidagi tajribalaridan foydalanilgan. Jumladan, Ozarbayjon, Shveysariya, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqa davlatlarning qonunchilik hujjatlari hamda Umumjahon pochta ittifoqi aktlari oʻrganilgan.
Pochta aloqasi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan maxsus vakolatli organ sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi etib belgilanmoqda. Shuningdek, mazkur qonun bilan pochta aloqasi sohasida qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzkomnazorat”) amalga oshirishi koʻzda tutilgan.
Xavfli pochta va kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatish xavfini kamaytirish, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining butligini taʼminlash bilan bogʻliq xavf darajasini kamaytirish maqsadida pochta xavfsizligini taʼminlash choralari yuzasidan alohida normalar qoʻshilmoqda.
Shu bilan birga, abonent pochta javonlari koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatlariga bu uylar qurilayotgan paytda qurilish tashkilotlari tomonidan oʻrnatilishi, umumjahon pochta ittifoqi hujjatlariga muvofiq belilangan majburiyatlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida bajarish uchun pochta aloqasi milliy operatorining maqomi, mutlaq huquqlari va funksiyalari aniq belgilab berilmoqda.
Senatorlar muhokama jarayonida Qonunda bayon etilgan ayrim moddalarning amaliyotga tatbiq etilishi bilan bogʻliq holatlarga ham eʼtibor qaratdi.
Majlisda, “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022-yil I choragi ijrosi yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitildi.
Davlat dasturi 7 ta ustuvor yoʻnalish boʻyicha 100 ta maqsad va 398 ta banddan iborat boʻlib, ularda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 318 ta qonun, farmon va qarorlar ishlab chiqish koʻzda tutilgan.
Hisobot davrida, dastur ijrosini taʼminlash maqsadida 59 ta normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar qabul qilingan boʻlib, shundan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12 ta hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining 7 ta qarorlari, 4 ta idoraviy hujjatlar va 36 ta boshqa hujjatlar tashkil etadi.
Majlisda kun tartibidagi masalalar yuzasidan qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring