Plastik jarrohlik amaliyoti qachon oʻtkaziladi?
— Baʼzi insonlar tashqi koʻrinishidagi ayrim nuqson va deformatsiyalar sababli qattiq tushkunlikka tushadi. Plastik jarrohlik, avvalo, ana shunday shaxslarni jamiyatga qaytarib, ularni avvalgidek hayot kechirishiga yordam beradi, — Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi boʻlim mudiri Bobur Toirov.
Yaʼni, bunday amaliyot faqat goʻzal boʻlish istagidagi ayollarning orzulari ushalishigagina emas, balki kimningdir tanasiga yetgan jarohatlardan keyingi asoratlarni davolash, kuyishdan keyingi kelloid chandiqlar va funksional yetishmovchiliklarni bartaraf etish hamda tugʻma nuqsonlar bilan tugʻilgan bolalarni davolashda qoʻllaniladi.
Plastik jarrohlikda toʻqimalarning joyi oʻzgartirilishi, tananing boshqa qismidan olingan toʻqimalar koʻchirib oʻtkazilishi, organizmga yot, biroq unga bezarar boʻlgan metall, plastmassa, sintetik tolalar implantatsiya qilinishi mumkin.
Ushbu amaliyot plastik rekonstruktiv va plastik estetik yoʻnalishlarida amalga oshiriladi.
Rekonstruktiv plastik jarrohlik amaliyoti tugʻma va orttirilgan nuqsonlar — bosh suyagi anomaliyasi, yuqori va pastki jagʻlarning tugʻma va orttirilgan deformatsiyalari, kuyish, avtohalokat hamda ogʻir kasallik sababli orttirilgan nuqson va deformatsiyalar oqibatlarini bartaraf etish, toʻgʻrilash, tana aʼzolariga maʼlum vazifalarni qaytarish maqsadida oʻtkaziladi.
Estetik plastik jarrohlik amaliyoti esa asosan yuz va tananing yillar oʻtishi mobaynida rivojlangan estetik yetishmovchiliklarini bartaraf etishga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring