Piskent tumaniga yangi hokim tayinlandi. Sektor rahbarlari ham o'zgardi
Bugun Piskent tumani hokimligida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari 12-sessiyasi tashkil etildi. Sessiya ishida tashkiliy masala koʻrib chiqildi.
Rixsiyev Rahimjon Mirkadirovich Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
R.Rixsiyev 1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy. 2003-yilda Toshkent davlat moliya institutini, 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida iqtisodiyot va boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda faoliyat yuritgan.
Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Rahimjon Rixsiyev Toshkent viloyati hokimining yordamchisi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Shuningdek, Piskent tumani prokurori, ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, soliq inspeksiyasi boshligʻi ham lavozimidan ozod etilib, yangi tarkibda ish boshlagan sektor rahbarlari tanishtirilmoqda.
Piskent tumanining yangi “toʻrtligi” bilan tanishing:
Rixsiyev Rahimjon Mirqodirovich - Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi
Djurayev Alisher Ashuraliyevich - tuman prokurori
Miliyev Shuhrat Akmalovich - tuman IIB boshligʻi
Sayfiyev Jasur Ravshanovich - DSI boshligʻi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring