Pilladan uchinchi hosil yigʻildi
Mamlakatimizda deyarli barcha sohalarda klaster tizimining joriy etilishi oʻzining ijobiy natijasini bera boshladi. Jumladan, Oltinkoʻl tumanida “Oltinkoʻl oltin ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyati klaster tashkiloti maqomini olgach pilladan toʻrt marta hosil olishga erishila boshlandi.
— Avvallari yilda bir marta hosil olarlik, — deydi kasanachi Mohiraxon Abdusalomova. — Bugungi kunga kelib uchinchi hosilni yigʻyapmiz. Buning uchun tumanimizda tutning yangi navi parvarishlanmoqda. Qolaversa, pillachilarga yaratilayotgan sharoit va qulayliklar ham ortmoqda. Masalan, endilikda pillachilar kasanachi hisoblanadi va ularning faoliyati mehnat stajiga hisoblanadi.
Bu yil klaster tomonidan kasanachilarga 2388 quti pilla tarqatilgan boʻlib, undan 140 tonna hosil olindi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring