Pilla yetishtiruvchilarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

12:53 25 Dekabr 2021 Jamiyat
701 0

Hukumat qarori (773-son, 24.12.2021-y.) bilan Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvargacha pillaning har kilogrammi uchun 5 ming soʻm subsidiya beriladi.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan har yili 20-iyulgacha respublikadagi pilla yetishtirish prognozlari ishlab chiqilib Moliya vazirligiga beriladi.

Moliya vazirligi prognoz asosida byudjetdan subsidiya ajratib Qoʻmitaga 1-fevralgacha oʻtkazib beradi.

Pillachilik klasterlari va tashkilotlari “Agropilla” MCHJlar bilan subsidiya oluvchilar roʻyxatini shakllantiradi va 25-fevralgacha Agentlikning hududiy boshqarmasiga beradi.

Hududiy boshqarma roʻyxatni umumlashtirib 1-martgacha Qoʻmitaga yuboradi.

Qoʻmita 10-aprelgacha pullarni subsidiya oluvchilarga berish uchun maxsus hisobvaraqlarga oʻtkazadi.

Pillachilik klasterlari va tashkilotlari subsidiya oluvchilarga pullarni kartaga yoki bankdagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?