Peshku tibbiyotida qanday muammolar bor?

Foto: Buxoro viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi
Buxoro viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Elyor Oltiyev Peshku tuman tibbiyot birlashmasida boʻldi.
Boshqarma boshligʻi bu yerda tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari, birlashmaning moddiy-texnik bazasi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, birlashma tasarrufidagi boʻlimlardagi sanitar ahvol, dori-darmon zaxirasi va saqlash sharoitlari oʻrganildi. Tibbiy xizmatni yoʻlga qoʻyish jarayonidagi kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha tegishli masʼullarga aniq koʻrsatmalar berildi.
Shundan soʻng boshqarma boshligʻi ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi.

Unda murojaatlar asosan aholi salomatligi bilan bogʻliq muammolarni tashkil etdi. Xususan, qabulga kelgan 19 nafar fuqarolar ishga joylashish, davolanish uchun order olish, yurakda jarrohlik amaliyoti oʻtkazish kabi turli masala va muammolari yechimi boʻyicha tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati va tuman masʼullariga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Fuqarolar qabulida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq qabulxonasining Peshku tuman boʻlimi mudiri ham ishtirok etdi.
Bungacha Romiton, Shofirkon, Qorakoʻl, Olot, Jondor tumanlarida ham ana shunday oʻrganish va sayyor qabullar oʻtkazilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring