Peruda to‘rt oyoqli va to‘rt qo‘lli odamlarning skeletlari topildi

16:32 17 Aprel 2018 Dunyo
1703 0
Foto: National Geographic

Arxeologlar Peruning shimoliy qirg‘oqlaridan qo‘shimcha a’zolari bilan ko‘milgan o‘nlab odamlarning qabrlarni topishdi.

“National Geographic”ning yozishicha, topilmaning yoshi taxminan 1900 yil. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, suyaklar taxminan miloddan avvalgi 300 — 500 yillarda shu yerdagi baliqchilar qishlog‘ining aholisiga tegishli. 
Arxeologik izlanishlar vaqtida 54 skeletning 30 tasi qo‘shimcha qo‘llar va oyoq bilan ko‘milgani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, bu yerdan metal va keramikadan salgan buyumlar ham topilgan.

Aniqanishicha, ko‘p suyaklarda jarohat izlari bor. Taxmin qilinishicha, ular o‘tkir va to‘mtoq narsalarning asoratlari. Olimlarning aytishicha, bu ularning hammasi zo‘ravonlik oqibatida hayotdan ko‘z yumganini anglatmaydi.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер