Pentagon maxfiy yigʻilish uchun yuzlab generallarni bir joyga toʻplaydi

14:14 26 Sentyabr 2025 Dunyo
125 0

AQSH mudofaa vaziri Pit Xegset kelasi hafta Virjiniya shtatida boʻlib oʻtadigan yopiq yigʻilishga mamlakatning oliy harbiy rahbariyatini taklif qildi. Bu haqida “Bild” nashri xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur yigʻilishga dunyoning turli burchaklaridan yuzlab general va admirallar ishtirok etadi. Kun tartibidan oʻrin olgan mavzular haqida aniq maʼlumotlar eʼlon qilinmagan. Bu esa koʻplab ommaviy axborot vositalarida turli xil mish-mishlarning tarqalishiga sabab boʻlmoqda.

Pentagon matbuot kotibi Shon Parnellning taʼkidlashicha, AQSH Mudofaa vaziri Pit Xegset kelasi hafta boshida yuqori martabali harbiy rahbarlarga murojaat bilan chiqishi kutilmoqda.

Taxminlarga koʻra, ushbu uchrashuvda AQSH harbiy qoʻmondonligini qisqartirish mavzusi koʻtarilishi mumkin. Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning may oyida mudofaa vaziri Pit Xegset ortiqcha tuzilmalarni tugatish uchun faol generallar va admirallar sonini 20 foizgacha qisqartirishni buyurgan. OAVlarda tarqalgan xabarlardan bilish mumkinki, bu harakat allaqachon AQSH armiyasida koʻplab keskinlikni keltirib chiqargan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер