Pensiya yoshining oshirilishi haqidagi xabarlar rostmi?
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlardagi Oʻzbekistonda pensiya yoshini oshirish rejalashtirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Pensiya jamgʻarmasi rasmiy bayonot berdi.
“Hozirgi kunda Oʻzbekistonda pensiya yoshini oshirish boʻyicha hech qanday yakuniy qaror qabul qilinmagan.”, deyiladi xabarda.
Maʼlum boʻlishicha, pensiya tizimini isloh qilish doirasida xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan takliflar ayni paytda Oʻzbekiston sharoitiga mosligi, aholining turmush darajasiga taʼsiri va iqtisodiy oqibatlari nuqtai nazaridan tahlil qilinmoqda.
Pensiya tizimiga oid istalgan oʻzgarish, jumladan, pensiya yoshi bilan bogʻliq masalalar keng jamoatchilik muhokamasi asosida, xalq fikri va manfaatlarini inobatga olgan holda, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Maʼlumot oʻrnida, 2025-yilning besh oyi davomida mamlakatda pensiya oluvchilar soni 4 million 104 ming 453 nafardan 4 million 192 ming 900 nafarga yetdi. Bu esa 88 ming 447 nafarga oʻsishni anglatadi.
Avvalroq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisidagi farmoni qabul qilingani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring