Pekindagi paradda Si Szinpin, Putin va Kim Chen In AQSHga qarshi til biriktirdi — Tramp

16:02 03 Sentyabr 2025 Dunyo
345 0

Donald Tramp Xitoy yetakchisi Si Szinpin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inni AQSHga qarshi fitna uyushtirishda aybladi. Bu haqida “NBC News” nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp bu haqida oʻzining “Truth Social” tarmogʻidagi postida yozgan.

Unda aytilishicha, Tramp Pekinda oʻtkazilgan paradda namoyish qilingan harbiy texnikalar koʻrgazmasidan soʻng poytaxt osmoniga 80 ming kabutarlarning qoʻyib yuborilishi tinchlik maʼnosini aks ettirsa ham, bu tomoshaning ortida dahshatliroq harakatlar boʻlishi mumkinligi maʼlum qilgan.

“Prezident Si Szinpin, iltimos, Vladimir Putin va Kim Chen Inga samimiy salomlarimni yetkazing. Siz Amerika Qoʻshma Shtatlariga qarshi fitna uyushtirasiz”, — deb yozgan Tramp.

Rossiya prezidentining tashqi siyosat boʻyicha yordamchisi Yuriy Ushakov Amerika yetakchisining mazkur ayblovini rad etdi.

“Hech kim hech qanday fitna uyushtirmagan. Hech kim hech narsa rejalashtirmagan. Hech kimda bunday fikr yoʻq edi. Trampning bu bayonotida istehzo borligiga umid qilaman”, — degan Ushakov davlat televideniyesidagi chiqishida.

Shuningdek, Donald Tramp Ikkinchi jahon urushi davrida AQSH Xitoyga katta yordam berganini ham qoʻshimcha qilgan.

“Koʻplab amerikaliklar Xitoyning gʻalaba va shon-shuhratga erishish yoʻlida halok boʻldi. Umid qilamanki, ular haqli ravishda jasorat va fidoyiliklari uchun doimo hurmatda va esda qoladilar!”, — degan Tramp.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер