Pedagogik-psixologik tashxis nima? Maktabda oʻqiyotgan har bir oʻquvchiga shunday tashxislarni qoʻyish shartmi?

13:08 26 Noyabr 2020 Jamiyat
311 0

AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va pedogogik-psixologik respublika tashxis markazi boʻlim boshligʻi Hayot Foziljonov ushbu savolga quyidagicha javob berdi:

— Pedagogik-psixologik tashxis oʻquvchilarning oʻzlashtirishi, oʻqishdagi qiyinchiliklarni, uning oʻqishiga taʼsir qilayotgan ijtimoiy, oilaviy omillarni oʻrganishga yoʻnaltiriladi.

Tashxis natijalari tarbiya jarayonini toʻgʻri rejalashtirish, yoʻlga qoʻyilgan xatolarni tuzatish, pedagogik-psixologik profilaktika ishlarini olib borish imkonini beradi.

Psixologik-pedagogik tekshirish vazifalariga quyidagilar kiradi:

— bolaning hissiy va kommunikativ doirasini rivojlanish darajasini aniqlash va tavsiflash;

— aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini aniqlash;

 ijtimoiy-maishiy faoliyatni rivojlanish darajasini aniqlash;

— bolaning psixik rivojlanish saviyasini aniqlash, potensial imkoniyatlari asosida korreksion ishlarni belgilash;

— ota-onalar va mutaxassislar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish;

— oʻquvchilarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi ishtiroki, ularning har bir holat, voqea va hodisaga munosabatini psixologik-pedagogik tashxisga oid yangi metodikalar asosida oʻrganish, tahlil etish va zarur koʻrsatmalar berish;

— oʻquvchilarning qiziqishlari, moyilliklari, isteʼdodi va iqtidoridagi asosiy yoʻnalishlarni aniqlash;

— taʼlim muassasasiga qabul qilingan oʻquvchilarning psixologik moslashuvi va rivojlanish dinamikasini, oʻquvchilarning oʻqishga tayyorgarlik holatlari, oʻzlashtirishi va rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, oʻrganish, tahlil qilish va tavsiyalar ishlab chiqish;

— taʼlim muassasasining keyingi bosqichlariga oʻtgan oʻquvchilarning yangi ijtimoiy muhitga moslashuvi, oʻquv faoliyati, bilim, koʻnikma va malakalarni egallash dinamikasi, shaxs sifatlari, shaxslararo munosabatlar shakllanishini kuzatib borish, tahlil etish, korreksion mashgʻulotlarni tashkil etish;

— psixologik-pedagogik tashxislar, soʻrovnomalar, suhbatlar orqali oʻquvchilarning kasbiy qobiliyatlari, qiziqishlari va fanni oʻzlashtirishga moyilliklarini aniqlash, ularning ongli ravishda kasb-hunar tanlashlariga koʻmaklashish, taʼlimning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish uchun oʻquvchilar va ota-onalarga tavsiyalar berish va yoʻnaltirish;

— ijtimoiy-psixologik muammolari mavjud hamda fanlarni oʻzlashtirishi past oʻquvchilar bilan psixologik-pedagogik tashxislar, soʻrovnomalar, suhbatlar oʻtkazish orqali muammo turini aniqlash, guruhlash va ular bilan korreksion ishlarni olib borish.

Har bir oʻquvchining tashxisdan oʻtishi shart emas, chunki umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning psixologik oʻzgarishi doimiy kuzatib boriladi. Agar ularda psixik oʻzgarishlar kuzatilsa, psixologik korreksiyalash orqali bartaraf etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?