Patologik anatomiya: Sohaga doir masalalar xalqaro darajada muhokama qilindi
Toshkent shahrida Respublika patologik anatomiya markazi tomonidan “Patologik anatomiyaning dolzarb muammolari” mavzusida 4-xalqaro forum oʻtkazilmoqda.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad gistologik diagnostika va immunogistokimyoning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish, shuningdek, tor soha mutaxassislari oʻrtasida tajriba va bilim almashishdan iborat.
Respublika patologik anatomiya markazining hududlarda vertikal muassasalari ishlab turibdi. Muassasa mutaxassislarining oldida patologik anatomiya sohasining moddiy-huquqiy bazasini ishlab chiqish va shu asosda tizimni rivojlantirish asosiy vazifalardan boʻlib turibdi.
Bundan tashqari, tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bazasida patalogik anatomiya boʻyicha boʻlgʻusi mutaxassislar korpusini shakllantirish boʻyicha masalalar muhokama qilinmoqda.
COVID-19 pademiyasi avj olgan davrda Respublika patologik anatomiya markazida foydalanilayotgan, Yaponiyada ishlab chiqarilgan soʻnggi rusumdagi elektron mikroskop inson organizmi toʻqimalarida boʻladigan morfologik oʻzgarishlarni chuqur oʻrganish uchun sharoit yaratdi.
Forum dasturidan shu kabi klinik va patologoanatomik tahlillar hamda ijtimoiy tibbiyot masalalariga ham alohida oʻrin ajratilgan.
Shuningdek, ushbu tadbirda tavalludiga 90 yil toʻlayotgan Oʻzbekiston Qahramoni, akademik, Respublika patologik anatomiya markazining birinchi direktori Malika Abdullaxoʻjayevaning faoliyati ham tahlil qilindi, soha rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi eʼtirof etildi.
Anjumanda telemeditsina sohasini yanada rivojlantirish orqali turli oʻsma kasalliklariga masofadan turib tashxis qoʻyish imkoniyatlarini yuksaltirish kabi muhim mavzularda soʻz yuritilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi xodimlariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring