Pastdargʻomda yangi sanoat korxonasi hamda logistika markazi foydalanishga topshirildi
Pastdargʻom tumanida “LOGIC AUTOMOTIVE AND ENGINEERING” nomli xorijiy korxona faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Mazkur loyiha Turkiyaning “Logic Mhendislik Sanayi ve Ticaret A” kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilgan boʻlib, avtobuslar uchun oʻrindiqlar, eshik karkazlari hamda izotermik kuzovlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Korxonaning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimligi hamda soha mutasaddilari, nuroniylar, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Unda soʻz olganlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahalliy sanoat salohiyatini oshirish va aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlashdi.

Qayd etilganidek, yiliga 600 dona avtobus oʻrindigʻi va 200 dona izotermik kuzov ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan ushbu zavod qurilishi uchun 1,1 million AQSH dollari miqdorida investitsiya yoʻnaltirilgan. Korxona faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi natijasida 100 ga yaqin yangi ish oʻrni yaratildi.
Pastdargʻom tumanidagi Mirzo Ulugʻbek nomli mahalla fuqarolar yigʻinida “Indra bonded E-commerce services” xorijiy korxonasiga tegishli “Logistika markazi” ham foydalanishga topshirildi.

Ushbu maskanning tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida alohida toʻxtalib oʻtishdi.
Taʼkidlanganidek, ushbu loyiha Xitoyning Shanxay shahrida joylashgan “INDRA GROUP LIMITED” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Loyihaning birinchi bosqichiga 5,6 milliard soʻm miqdorida investitsiya yoʻnaltirilgan boʻlib, natijada 50 ga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Yangi logistika markazi elektron tijorat xizmatlarini rivojlantirish, yuklarni tezkor va samarali saqlash hamda qayta ishlash imkonini berishi bilan hudud iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Tadbir soʻngida yigʻilganlar logistika markazi quvvati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring