Parrandachilik yoʻnalishida yangi loyiha ishga tushiriladi
“Oʻzagroinspeksiya” faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy-meʼyoriy hujjatga koʻra, inspeksiyaning chorvachilik sohasida amalga oshiradigan vazifalari, shu jumladan, idoraviy boʻysunuvidan va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik ishlari toʻgʻrisidagi qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlarga rioya etilishi, shuningdek, chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan davlat dasturlarining ijrosini nazorat qilish vazifasi belgilangan.
“Oʻzagroinspeksiya” Urgut tuman boʻlimi boshligʻi A.Xoliqovning maʼlum qilishicha, Prezidentimizning tegishli qarori ijrosini taʼminlash hamda chorvachilik yoʻnalishidagi barcha loyihalarni oʻz vaqtida ishga tushirish boʻyicha Urgut tumanida parrandachilik yoʻnalishida 2022-yil uchun 11 ming boshga moʻljallangan 2 ta 1 mlrd. 380 mln. soʻmlik loyiha rejalashtirilishi nazarda tutilgan. Buning natijasida tumanda 15 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi belgilangan.
Bugungi kunda, parrandachilik yoʻnalishida faoliyat yuritib kelayotgan “Oʻramas parrandachilik” fermer xoʻjaligida 90 ming bosh tuxum yoʻnalishida parrandalar parvarish qilinmoqda. Bu yerda bir kunda 85 ming dona tuxum ishlab chiqilib xalq dasturxoniga yetkazib berilmoqda.
Goʻsht yoʻnalishida 2 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan 18 ming bosh joʻjalar parvarish qilib kelinmoqda. Ushbu parvarishdagi joʻjalardan xalq isteʼmoli uchun 21,6 tonna parranda goʻshti yetkazib berish koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring