Parranda grippini yangi shtammining ilk qurboni. Dunyo epidemiya girdobidami?
Parranda grippining yangi shtammi (H5N2)dan ilk oʻlim holati Meksikada qayd etildi. Bu haqda “BBC” nashri xabar berdi.
59 yoshli erkak parranda grippi belgilari paydo boʻlgan davrda boshqa xastalikni ham boshdan kechirayotgan boʻlgan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bu voqea yangi shtamm tufayli dunyodagi birinchi oʻlim holati ekanligini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, bemorda taxminan ikki oydan beri isitma koʻtarilishi, nafas siqishi, ich ketishi, koʻngil aynishi kabi holatlar kuzatilgan.
““H5N2” shtammining odamlar oʻrtasida qay tariqa tarqalishi va epidemiyaga olib kelishi yoki kelmasligi haqida hech qanday dalillar yoʻq», deydi sogʻliqni saqlash idoralari.
Oʻz navbatida, JSST va boshqa idoralar parranda grippining shunga oʻxshash shtammlarining potensial mutatsiyalari xavfga olib kelishini taxmin qilmoqda.
Pirbrayt instituti va Glazgo universiteti mutaxassislari Meksikadagi bu holat alohida hodisa, deb hisoblashini maʼlum qilgan.
Professor Yan Braun bemor bilan aloqada boʻlgan tibbiyot xodimlari hamda marhumning oila aʼzolari tekshirilgani va xavf aniqlanmaganini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring