Parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlari kengaytiriladi
Qonun bilan ayrim qonunlarga oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan siyosiy partiya fraksiyasiga bir qancha qoʻshimcha huquqlar berishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi quyidagi huquqlarga ega boʻlishi koʻzda tutildi:
- oʻz vakillari Qonunchilik palatasining 1 nafar qoʻmita raisi va 2 nafar qoʻmita raisi oʻrinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi;
- qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilguniga qadar ham oʻsha masalaga doir qonun loyihasi yoki uning tarkibiy qismining muqobil tahririni kiritish;
- har chorakda “hukumat soati” va parlament soʻrovi doirasida masala kiritish.
Mazkur qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring