Parlament saylovlarining sanasi aniq boʻldi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kampaniyasiga start berildi. Bu haqda Markaziy Saylov Komissiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan bugun oʻtkazilgan majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga doir muhim qarorlarni qabul qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 36-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi 2024-yil 27-oktyabr, yakshanba kuni oʻtkaziladi.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksida belgilangan muddatlardan kelib chiqib, bugundan, yaʼni 2024-yil 26-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasiga start berilib, Kalendar reja tasdiqlandi.
Shu tariqa, 2024-yil 27-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring