Parlament saylovlari oldidan nogironligi boʻlgan shaxslarga oid Prezident qarori qabul qilindi
Nogironligi boʻlgan shaxslarning odil sudlovdan foydalanishga boʻlgan huquqlarini taʼminlash uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratilishini koʻzda tutgan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.
Qonunga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga koʻra, bir qator ilgari mavjud boʻlmagan normalar kiritilmoqda. Shu tariqa, davlat nogironligi boʻlgan shaxslar uchun boshqalar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi.
Bundan tashqari, sud protsessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida nogironligi boʻlgan shaxslarning qonunda belgilangan tartibda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini taʼminlashga qaratilgan choralarni koʻradi.
Shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etishi, shu jumladan qonunda belgilangan tartibda saylash va saylanish, referendumlarda ishtirok etish huquqi taʼminlanadi.
Yana bir qoʻshimcha joriy Parlament saylovlari oldidan juda muhim hisoblanadi. Davlat saylov uchastkalarida (referendum uchastkalarida) nogironligi boʻlgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan, oʻrindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash majburiyati davlat tomonidan olinadi.
“Bundan tashqari, Qonun nogironligi boʻlgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun qulay muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi normalar bilan toʻldirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring