Parij-2024: Diyora Keldiyorova finalda
Foto: Anvar Ilyasov/MOQ
Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining 2-kuni dzyudo bahslarida -52 kg vazn toifasida kurash boshlagan Diyora Keldiyorova uchun omadli keldi. U birinchi davradan erkin oʻtgan boʻlsa ham keyingi bosqichda amaldagi jahon chempioni, Tokio Olimpiadasi chempioni, yaponiyalik Uta Abega qarshi tatamiga chiqdi.

Dastlabki bahsda Abeni magʻlub etgan Diyora chorak finalda germaniyalik Masha Balxausni ham yengdi.

Yarim finalda mezbon sportchi Amandin Byushardan ustun kelib, oltin medal uchun kurashish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
Diyora Olimpiya oʻyinlari gʻolibligi uchun kosovalik Distriya Krasnichiga qarshi bahs olib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring