Paralimpiada-2020 oʻyinlari chempioni Safiya Burxanova haqida film namoyish qilindi

13:29 05 Mart 2022 Madaniyat
1713 0

Foto: Gazeta.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va ayollarning jamiyatdagi oʻrnini yanada koʻtarish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zoʻravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur yigʻilishda ayollarimiz uchun koʻplab imtiyozlar, yangi imkoniyatlar berildi.

Mazkur tashabbus doirasida kuni kecha Kinematografiya agentligi tomonidan suratga olingan “Matonat maktabi” hujjatli filmi premyera qilindi. Film Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida matonat koʻrsatib, Oʻzbekiston bayrogʻini yuqoriga koʻtargan sportchi ayol Safiya Burxanova faoliyati va hayotiga bagʻishlangan.

Ssenariy muallifi Tohir Muratov, postanovkachi rejissyor va prodyuser Odil Mahamadov, grafika ustasi Sardor Ahmedov, ovoz rejissyori Sardor Nurullayev.

Maʼlumot oʻrnida, ayollar bayrami munosabati bilan davlat va nodavlat telekanallarda “Yangi Oʻzbekiston ayoli” rukni ostida kinoaksiya oʻtkaziladi. Aksiya doirasida bir qator yangi filmlar namoyish etilishi belgilangan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер