Para taekvondochilarimiz jahon sahnida yangi sahifa ochishdi
Meksikaning Varekrus shahri mezbonlik qilgan para taekvondo boʻyicha jahon chempionatining soʻnggi kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Jumladan, erkaklar oʻrtasida -80 kg vazn toifasida Asad Toshtemirov oltin, -70 kg vazn toifasida Javohir Aliqulov kumush medalni terma jamoamiz hisobiga qoʻshtirib qoʻydi.
Eslatib oʻtamiz, musobaqaning dastlabki kunida ayollar oʻrtasida -47 kg vazn toifasida Ziyoda Isoqova oltin, erkaklar oʻrtasida -58 kg vazn toifasida Lutfullo Qodirov bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.
Shu tariqa 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza, jami 4 ta medal qoʻlga kiritgan terma jamoamiz sayyoramizning 72 davlati ishtirok etgan dunyo birinchiligida umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, tarixiy natijani qayd etishdi.
Yana bir eʼtiborli jihati, terma jamoamiz murabbiyi Bobur Qoʻziyev jahon chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb topildi va maxsus kubok bilan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring